Biz Haqimizda

«Remed Health bemorlarning xavfsizligini eng yuqori darajada ta’minlash va oqilona narxlarda ularga xizmat ko’rsatishning yuqori sifatini saqlab qolishga o’ta jiddiy qaraydi. Bizning loyihamiz konsepsiyasi bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish chegaralarini kengaytirish va kompaniyaga keladigan barcha kishilarning ruhiy hotirjamligi uchun eng qulay sharoit yaratishdir.»

Doktor Selchuk Tiftik, bosh direktori

Remed Health – dunyodagi istalgan mamlakatda chet ellik bemorlar uchun keng qamrovli davolanish paketlarini taqdim etish imkonini beruvchi onlayn tibbiyot turizmidir. Xuddi shu tarzda, kompaniyalarga, tashkilotlarga, tibbiyot muassasalariga, sug’urta kompaniyalari va tibbiyot amaliyotlariga keng ko’lamli xizmatlar va hamkorlik imkoniyatlarini taklif etamiz.

Remed Health – International Assistance Group (IAG) asosiy hamkori bo’lgan «Remed Assistance» xalqaro yordam kompaniyasining bir qismi hisoblanadi. Remed kompaniyasi 1993 yildan beri Turkiyada va butun dunyoda xizmat ko’rsatib kelmoqda. Tibbiy yordam va turizm sohasidagi keng ko’lamli tajribasi tufayli «Remed Assistance» har yili 100 mingdan ortiq xalqaro tibbiy xizmatni amalga oshiradi.

Bunday kuchli tashkilotning bir qismi sifatida Remed Health yuqori sifatli shifoxona tarmoqlari, tibbiy xizmat ko’rsatuvchilar, 7/24 rejimda ishlaydigan ko’p tilli xizmat ko’rsatish markazlari, jumladan, shifokorlar, hamshiralar va koordinatorlar maxsus guruhlarini qamrab oladi.

Meditsina va sog’liqni saqlash xizmatlari bo’yicha eksklyuziv paketlarimiz mijozlarimiz va bemorlarga chet elda davolanish uchun eng yaxshi muqobillarni taklif qilishga, ularning afzalliklari va istaklariga alohida urg’u berishga yordam beradi. Remed Health biznes hamkorlarimiz va bemorlar uchun to’g’ri tanlovdir.