EKO – Bepushtlikni Davolash (IKSI)

12 Noyabr 2018

EKO – Bepushtlikni Davolash (IKSI)

Bepushtlikni davolash(EKO) ?

Bepushtlik bo’yicha izlanishlar va yangi davollash usullari bilan shifokorlar Gippokrat davridan beri shug’ullanib kelishgan. Ammo 1978-yildagina ijobiy natija olingan.

Turkiyada, 1989 yildan buyon bepushtlikdan aziyat chekayotgan bemorlarga EKO davolash usuli taklif etilib kelinadi, buning natijasida minglab turmush qurgan juftliklar farzand ko’rish bahtiga sazovor bo’ldilar.
Ushbu usul bilan davolanishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, Turkiyadagi turli klinikalarda sizga yuqori sifatli turli EKO usullari taklif etiladi.

Kimga davolanish kerak?

Bepushtlikni davolash muolajalari tibbiy muammosi bo’lgan oilalarda erkaklarga (misol uchun, spermaning sifatsizligi, sperma miqdori kamligi va hokazo) va / yoki ayolda (endometrioz, tuxumdonning zaxirasi kamligi, bachadon naychalari patologiyasi va boshqalar) bo’lgan juftliklar uchun ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. Shuningdek bepushtligining sababi aniqlanmagan juftliklar uchun ham ko’rsatiladi.

 Bachadon  ichida urug’lantirish. Spermaning tayyorlangan namunasini bachadon ichiga to’g’ridan to’g’ri kiritish. Ovulyatsiya davrida amalga oshiriladi.
   An’anaviy EKO Urug’lantirish laboratoriya sharoitida amalga oshiriladi va tayyor bo’lgan embrion bachadonga ekiladi.
 Intrasitoplazmik sperma in’ektsiyasi (IKSI) Mikroskop ostida mikromanipulyator yordamida alohida ajratib olingan sperma xujayrasini tuxum xujayrasiga to’g’ridan to’g’ri yuborish.

Bu holatda urug’ xujayrasi miqdori kam bo’lganda yoki an’anaviy EKO ning samarasiz bo’lganida ijobiy natija olish imkoni ortadi.

Morfologik tabiiy spermaning intrasitoplazmik in’yektsiyasi. (IMSI) IMSI – bu IKSI usulining yanada rivojlangan ko’rinishidir, unda urug’ xujayrasi o’ta kuchli mikroskop yordamida tanlanadi va undan keyin tuxum hujayrasini urug’lantirish uchun ishlatiladi.

Davolash usuli bemorning klinik holati va muammosiga ko’ra belgilanadi. Eng yaxshi va eng muqobil davolash usuli kasallik tarixi, analizlar natijalari, ijtimoiy va klinik mezonlar va davolovchi shifokor suhbati asosida, hammasi o’rganib chiqilib tanlanadi.

Muhim eslatma / Yon ta’siri

Farzand ko’rish istagida bo’lgan juftliklarda homiladorlik kechishiga va umuman onaning hayotiga taxdid soladigan sog’liq muammolari bo’lmasligi kerak. Ushbu faktlardan tashqari, EKO boshqa qarshi ko’rsatmalarga ega emas.

Ovulyatsiya vaktida, gormonal dorilardan foydalanilganligi sababli, organizimda quyidagi nojuya  ta’sirlar bulishi mumkun: masalan kayfiyat o’zgarishi, qorinda bezovtalik, bosh og’rig’i, issig’i chiqisi, bosh aylanishi,   sut bezlaridagi uzgarishlar buladi. Embrion otkazilgandan keyin , dog’lar shaklida qon ko’chishi , qorinda og’riq va bezovtaliklar bo’lishi mumkin, bu holatda dori darmondan foydalanish tavsiy etilmaydi.

Davolash oldidan nima qilish kerak?

Birinchi bosqich- dastlabki tekshirish*.  Yuqorida aytib o’tilgan bezovtaliklarni oldini olish maqsadida, bemor uz vatanida tayyorlov tekshiruvlaridan o’tib ularning natijalarini  bizning mutaxassislarimizga tashviq uchun yuborishlari lozim.

Kerakli bo’lgan tekshiruvlar ro’yxati:

  • Ayolning hayz ko’rishning ikkinchi kunida  quyidagi analizlar topshiriladi: FSG, LG, prolaktin, TTG va estradiol.
  • Bachadonning ichki qatlami holatini baholash uchun har bir ko’rik paytida ultratovush tekshiruvi.

*Agar oz vataningizda bu tekshiruvlarni o’tishlari uchun imkoniyatingiz bolmasa, Remed kompaniyasi sizni qo’llab-quvvatlash bilan birga sizning davolanish rejangizni o’z zimmasiga olishdan hursand bo’ladi.

Davolash bosqichi:

1 bosqich:

Ovulyatsiya va follikullarning holatini kuzatish (bu bosqich hayz siklining ikkinchi kunida boshlanadi va zaruriy testlarni, preparatni qo’llashni o’z ichiga oladi, uning davomiyligi 12-13 kun).

2 bosqich:

Follikulalar punksiyasi + IKSI (oxirida kuzatish)

3 bosqich:

Blastosist bosqichida embrionlarni ekish (tuxum hujayrasi olinganidan keyin 3-5 kun).

Davolanish barcha bosqichlarining taxminiy muddati 21 kun.

EKO / IKSI:

IKSI operatsiyalar muntazam ravishda amalga oshiriladi. EKOni IKSIdan farqi unda spermatozoid va tuxum xujayra Petri idishiga joylashtiriladi va mustaqil urug’lanish sodir bo’ladi, IKSI usuli mikroinyeksiya usuli deb ham tanilgan, bu holatda mustaqil urug’lanish sodir bo’lmaydi, aksincha urug’ xujayrasi tuxum xujayrasiga maxsus mikroignalar yordamida kiritiladi. Bir qator erkaklar bepushtligi holatida masalan azospermiyada yoki vazoektomiya o’tkazilganda spermatozoidlarning testikulyar ekstraksiyasi (TESE) zarur. Ayollarning ovulyasiyasi muammolarining hamma xolatlarida, masalan endometrioz, tuxumdonlar polikistozi sindromi, bachadon naychali tutilishi va boshqa o’ziga hos ayollar salomatligi muammolari to’g’ridan to’g’ri EKO yoki IKSI ga ko’rsatma bo’lib hisoblanadi.  Ayollardagi ovulyatsiya bilan bog’liq barcha holatlar masalan endometrioz, tuxumdonlar polikistozi sindromi, bachadon naychalari tutilishini va boshqa o’ziga xos kasalliklar EKO yoki IKSI uchun ko’rsatma bo’lib hisoblanadi.

Preimplantasyon genetik tashxis (embrion biopsiyasi) ilgari EKO amaliyoti muvaffaqiyatsiz bo’lgan bo’lsa,   va/yoki oilada irsiy kasalliklar bor bo’lgan juftliklar uchun ko’rsatma bo’lishi mumkin. Bu holda alohida bir xujayra ajratib olinib genetik laboratoriyaga xromosom tahlil qilish uchun yuboriladi. Agar kerak bo’lsa, lazer-rag’batlantiruvchi xetching va blastosyst embriotransfer qo’llaniladi (homila rivojlanishining 5-kuni) Bu keltirilib o’tilgan EKO texnologiyalari yaxshiroq natijalarga erishish va embrion implantatsiyasini takomillashtirilgan usullari orqali homiladorlik ehtimolini oshirish uchun hissa qo’shadi.

Biz sizga davolashning 2 xil ko’rinishini taklif qilamiz:

1-variant: davolash to’liq kursi (taxminan 20 kun).

Er-xotin hayzining ikkinchi kuni Turkiyaga kelishadi. Va 20 kun davomida  davolashning barcha uch bosqi amalga oshiriladi: IKSI, blastosist embriotransferi va dori darmon bilan davolash.

2-variant: Uch bosqichda davolanish: o’z vatanida (taxminan 13 kun) boladi songra  chet elda (taxminan 8 kun) tanlangan yo’nalish asosida muolajalar boshlanadi. Birinchi bosqich sizning o’z mamlakatingizda bo’lib o’tadi. Va bu davrda biz sizning  ginekolog shifokoringiz bilan hamkorlik qilamiz. Kuzatish muddati tugashi bilanoq (hayzning 13 kunida), er-xotin darhol davolanishni ikkinchi va uchinchi bosqichlarini boshlashga yetib kelishlari lozim: IKSI va blastosist embriotransferi.

Remed Health mutaxassislari sizning davolanish va yetib kelishni tashkillashtirishni o’z zimmasiga oladi.

Davolash jarayonidan faqatgina yoqimli xotiralaringiz bo’lishini ta’minlash uchun RemedHealth barcha bosqichlarni tashkillashtirishni o’z zimmasiga oladi va tajribali va yuqori malakali shifokorlar xizmatini taklif qilib  eng yuqori sifatli xizmat ko’rsatish standartlariga javob beradigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan eng yaxshi shifoxonalarda aynan siz uchun sinchikovlik bilan tekshirib o’rganib chiqilgan davolash rejasini taqdim etadi.

Shaxsiy ehtiyojlaringizni, istaklaringizni va moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda, RemedHealth siz tanlagan yo’nalishdagi davolanish uchun sizni keraksiz tashkiliy tanglikdan xalos qilib, to’liq xizmat paketini taqdim etishi mumkin. Bu sizga boshqa muammolarga chalg’imasdan butun e’tiboringizni faqatgina davolanishga qaratishingizga imkon beradi.

  • Barcha tibbiy hujjatlarni baholash, tahlil qilish va tarjima qilishda tibbiy yordam
  • Davolanish rejasini tayyorlash va shakllantirish, shifoxonalarda shifokorga tashrifni rejalashtirish
  • Aeroport, mehmonxona va shifoxona o’rtasida transferlar
  • Koordinator va tarjimon tomonidan 7/24 rejimida 24 soat davomida qo’llab-quvvatlash
  • 7/24 rejimida telefon orqali call-markazi tomonidan qo’llab-quvvatlash