15 Aprel 2019
Siz Bepushtlik Haqida Bilishingiz Kerak Bo’lgan 7 Ta Fakt
Agar siz homilador bo’lishga harakat qilgan bo’lsangiz va bu natija bermagan bo’lsa bilingki siz yolg’iz emassiz. Oxirgi ilmiy tadqiqotlarga ko’ra, sakkizta juftdan biri bu muammoga duch keladi. Biroq, bu holat umidsiz emas. Ushbu muammoni hal etishning bir nechta usullari mavjud.
- Keng tarqalgan fikrlarga qaramasdan, bepushtlik erkaklarda aniqlangani kabi ayollarda ham aniqlanishi mumkin. Bu faqat ayol muammosi emas, bu er-xotinning muammosidir. Bepushtlikning sabablari odatda 40% hollarda ayollarning salomatligi bilan bog’liq, va shuningdek erkaklarda 40% hollarda, qolgan 20% ni sheriklardagi muammolarning oqibatida yoki boshqa aniqlanmagan sabablar keltirib chiqaradi.
- reproduktiv yosh davomida tuxumdonlar tinmasdan yangi tuxum xujayra ishlab chiqaradi degan tez-tez uchraydigan yolg’on tasavvur mavjud. Aslida, ayol umri davomida bir milliondan ikki milliongacha bo’lgan oldindan aniq bo’lgan tuxum xujayra to’plami bilan dunyoga keladi. Bir qarashda, bu juda katta ko’rsatkich, lekin bu tuxum xujayralardan ko’pchiligi (ya’ni, ulardan hosil bo’lgan follikulalar) reproduktiv davr boshlanishidan oldin yo’q qilinadi. Shunday qilib, aslida, ayolda cheklangan miqdordagi tuxum xujayra bor.
- Ayollarning ko’pchiligi odatda 28 kunlik siklga ega, ammo barcha ayollar turli xil va ularning siklining davomiyligi farq qilishi mumkin. Sizning siklingiz davomiyligidan qat’iy nazar, ovulyatsiya keyingi sikl boshlanishidan ikki hafta oldin sodir bo’ladi. Shuning uchun ham sikl jarayonini kuzatib borish juda muhimdir.
- Ayolning yoshi reproduktiv funksiyasiga ta’sir qiluvchi eng muhim omildir. Ayolning yoshi o’tgani sari uning tuxum xujayralari ham qarib boradi, ularning soni kamayadi va sifati yomonlashadi. 30 yoshda homilador bo’lish imkoniyati har oy taxminan 20% ni tashkil etadi, 35 yoshda reproduktiv funksiyaning pasayishi tezlashadi, 40 yoshida homilador bo’lish ehtimoli 5 foiz atrofida bo’ladi.
- Ba’zi tadqiqotlar stres erkak va ayollarning reproduktiv funksiyasiga ta’sir qilishi mumkinligini ko’rsatadi. Turg’un stressni boshdan o’tkazadigan ayollar uchun tuxumdondan tuxum xujayraning chiqishi (ovulyatsiya) sekinlashishi yuz berishi mumkin. Erkaklarda stress testosteron ishlab chiqarishga va spermatogenezga ta’sir qiladi.
- Sizning vazningiz ham homilador bo’lish qobiliyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Kam vazn yoki og’ir vazn ayollar uchun ba’zan homilador bo’lishni qiyinlashtiradi. Ayollarning 70% dan ortig’ida og’irligi norma holatiga kelishi bilan homilador bo’lish ehtimoli ortadi.
- Agar siz homilador bo’lishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo’lsangiz, sifatli tibbiy yordam va davolanishga muhtojlik sezsangiz Remed Health sizga Turkiyada bepushtlikning ko’plab muvaffaqiyatli muolajalarini taklif qiladi. Bu mamlakatda EKO (экстракорпоральное оплодотворение, IVF- in vitro fertilization) 1989 yildan boshlab juftliklarga taklif qilinib kelmoqda va bu juftliklarning yuz mingdan ortig’iga ota-onalik nasib qilgan.
Remed Health, ijobiy natijaga erishish mumkin bo’lgan eng yaxshi ixtisoslashgan markaz va klinikalarda EKO ning turli usullarini taklif qilib turmush o’rtoqlarga ota-ona bo’lishiga yordam beradi, va shu bilan birgalikda siz Turkiyada dam olishdan bahramand bo’lishingiz mumkin.