Remed Health noyabr oyida O’zbekistonga EKO va onkologik kasalliklarni davolash uchun keladi

15 Aprel 2019

Remed Health noyabr oyida O’zbekistonga EKO va onkologik kasalliklarni davolash uchun keladi

Turkiya – sog’liqni saqlash markazi.

O’tgan davrlar bilan taqqoslaganda, o’tgan o’n yil ichida ko’pchilik chet elda davolanishni afzal ko’rmoqda. Xozirda internet tarmog’i orqali davolanishni amalga oshirmoqchi bo’lgan mamlakatingizdagi davolanish uchun kerak bo’ladigan tibbiy muolajalar haqida sharhlarni o’qish oson, va shuning  bilan birgalikda siz bir necha soniya ichida qabulga yozilishingiz ham mumkin.

Turkiya, butun dunyo bo’ylab ko’plab bemorni jalb etadigan mamlakatlardan biriga aylandi. Har yili Turkiyaga davolanish uchun kelayotgan bemorlar soni ortib bormoqda. Shunday qilib, Turkiya, soch ekimi , onkologiya, EKO, stomatologik va kosmetologik jarroxlik kabi sohalarda sog’liqni saqlash markaziga aylandi. Statistikaga ko’ra, har yili Turkiyada 500 mingdan ortiq kishi davolanadi.

Turkiyada davolanish mavzusi ko’tarilishi bilan, birinchi navbatda shifokorlar jamoasi va mamlakatning tibbiy infrastrukturasining sifati birinchi o’ringa chiqadi. Turkiyada shifokorlar va tibbiy guruhlar juda yaxshi tayyorlangan. Tibbiy talaba malakali shifokor bo’lish va muayyan sohada ixtisoslashuvga erishish uchun ancha vaqt davomida (10 yil) o’tishi kerak.

Turkiya, EKO, onkologiya, stomatologiya, rinoplastika, ko’z xirurgiyasi va sochı ekish bo’yicha ixtisoslashgan shifokorlari bilan mashhur. Sifat darajasidan tashqari tashqari, Turkiya xalqaro tibbiyot institutlarini akkreditlash bo’yicha xalqaro komissiya tomonidan akkreditlangan juda ko’p tibbiy muassasalarni taklif qilishi mumkin.

«Remed Health» O’zbekistonga EKO va onkologiyani davolash uchun keladi.

“Remed Health” bu bosh ofisi Turkiyaning Stambul shahrida joylashgan tibbiy sayohat tashkiloti. 1993 yildan beri “Remed Health” kompaniyasi  EKO, onkologiya, kardiologiya, ginekologiya, plastik jarrohlik, ortopediya, stomatologiya kabi sohalarda bemorlarga yordam ko’rsatmoqda.

“Remed Health” 2018 yili avgust oyida O’zbekistonga EKO bo’yicha be’morlarga maslahat berish uchun keldi. 200 dan ortiq be’morlarga ko’rik qilindi va to’g’ri davolash rejasi taklif qilindi. Mashhur turkiya ginekologi Ali Enver Kurt ko’plab bo’lajak ota-onalarga Toshkent va Samarqandda maslahatlar berdi. Ko’plab be’morlarning talab va takliflariga ko’ra “Remed Health” kompaniyasi 2018 yilning noyabr oyida O’zbekistonga qayta tashrif buyurishga qaror qildi. Bu safar, turkiyalik shifokorlar maslahati O’zbekistonlik bemorlarga nafaqat EKO balki onkologiya bo’yicha ham taqdim etiladi.

EKO – Dr. Ali Enver Kurt.

 EKO- tabiiy yo’l bilan homilador bo’la olmayotgan, farzandni orzu qilayotgan juftliklar uchun muqobil yechimdir. Yoshi otgan  ayollarda bu usul sperma xujayrasini tuxumdonlarga o’tadigan kanallarining qiyinchiliklari tufayli qo’llaniladi.

 ЕKO shuning bilan birgalikda sababi aniqlanmagan bepushtlikda, «shokolad kista»  va ba’zi genetik kasalliklarda qo’llaniladi. Erkaklar bepushtlik holatlarida yuqori darajada rivojlangan usullar qo’llaniladi. Agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo’lsangiz bu holatda ham siz «Remed Health» yordami bilan turk ginekologi Ali Enver Kurtdan maslahat olishingiz mumkin.

Dr. Ali Enver Kurt, Turkiyada mashhur ginekologlardan biri, 1987 yilda Istanbul universiteti Cerrahpaşa Tibbiyot fakultetini bitirgan. EKO, bepushtlik, reproduktiv endokrinologiya, homiladorlikni olib borish va tug’ruq sohasida ish olib boradi.  Bepushtlikni davolab ko’p juftliklarni baxtli qilgan.

Onkologiya- Dr. Tayfun Handjilar.

Onkologiya- saraton hujayralarini tadqiq qiluvchi ilm-fan bo’limi. Tibbiy onkologiya saraton kasalligini davolash, uni oldini olish, skrining va erta tashxis qo’yish uchun ximioterapiya bo’yicha qo’llanadigan dasturlarni taklif qilishi mumkin.

Agar oilangizda saraton kasalligiga chalingan oila a’zolaringiz bo’lsa, kelajakda sizda saraton rivojlanish xavfi mavjud bo’lishi mumkin. Saratonni erta aniqlash hayotni saqlaydi. Siz shuning bilan birgalikda, “Remed Health” kompaniyasining yordami bilan taniqli turk onkologi Tayfun Hanjilarga murojat qilishingiz mumkin bo’ladi.

Shifokor  Tayfun Handjilar o’zining ustida ko’p ishlaydi, milliy va xalqaro konferentsiya va seminarlarda ishtirok etib keladi, onkologiya sohasida nashrlariga ega. 1987 yilda Istanbul Cerrahpasha universiteti tibbiyot fakultetini bitirdi. Bundan tashqari, Turkiyaning Okan universitetida ta’lim beradi.